Sport5 telekanali xabariga ko'ra, «Vest Xem» yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Manor Solomonni asosiy nishon sifatida belgilab oldi.
Sport5 telekanali xabariga ko'ra, «Vest Xem» yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Manor Solomonni asosiy nishon sifatida belgilab oldi.
Manor Solomonning agenti Ronen Katsav mijozi «Tottenxem»dan ketishni va muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayotganini ma'lum qildi.
Manor Solomonning agenti Ronen Katsav mijozi ikki yillik ijaradan so'ng klubni doimiy ravishda tark etishni istayotganini tasdiqladi. Katsav, shuningdek, futbolchining mavsumoldi o'yinlarida asosiy tarkibda maydonga tushishiga unchalik katta ahamiyat bermadi va o'rtoqlik uchrashuvlaridagi chiqishlar «hech narsani anglatmasligini» ta'kidladi.
🎤 Manor Solomonning kelajagi haqida:
Kelgusi mavsum? Men taxmin qilishni yoqtirmayman. Transfer oynasi yopilishiga hali bir oydan ortiq vaqt bor. Maqsad — to'liq transferni amalga oshirish. Statistika bo'yicha, transfer oynasining so'nggi haftasi eng faol davr hisoblanadi.
Men aniq bir jamoa nomini aytmayman, bu o'rinsiz bo'lardi. Shubhasiz, maqsad — kuchli beshlik ligalaridan birida qolish.
U muhim o'yinchi bo'lishni, maydonda ustunlik qilishni va o'yinga ta'sir o'tkazishni istaydi, «Tottenxem»da esa bu katta ehtimol bilan sodir bo'lmaydi. Ko'rinishidan, bu unga mos keladigan joy emas.
Bu yo'l davomida ular undan juda oson voz kechishdi.
Asosiy maqsad — u muntazam o'ynay oladigan joy topish. Manor ham ruhiy, ham professional nuqtai nazardan juda sifatli o'yinchi.