#Karlos Monfort — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun «Barselona»ning yoshlar jamoasi – «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

🚨 Karlos Monfort xabariga ko'ra, Serxio Buskets murabbiylik faoliyatidagi ilk qadamlarini tashlamoqchi va shu maqsadda «Barselona» bilan muzokaralar o'tkazgan. U «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilishni rejalashtirmoqda.

Busketsning maqsadi – murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish va kundalik jarayonlar bilan yaqindan tanishish.

Hozircha unda bosh murabbiy sifatida ishlash uchun zarur bo'lgan litsenziya yo'q, biroq u Belletti bilan birga amaliyot o'tash, jamoaning kundalik mashg'ulotlarida qatnashish va «Barsa» kabi klub murabbiylar shtabi qanday ishlashini bevosita kuzatishni istamoqda.

«Barselona» Toni Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

«Barselona» Toni Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

«Barselona» 18 yoshli Toni Fernandes bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma ustida ishlamoqda. Futbolchining kelajagi mavsumoldi yig'inidan so'ng aniq bo'ladi.

Karlos Monfort xabariga ko'ra, «Barselona» 18 yoshga to'lgan Toni Fernandesga 2031-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

Taklif deyarli tayyor, biroq futbolchining kelajagi yaqin haftalarda, mavsumoldi tayyorgarlik qanday o'tishi va asosiy jamoaning sport rejalariga qarab aniqlanadi. Adeyemining jamoaga kelishi Toni kelajagini noaniq qilib qo'ymoqda.

Xansi Flik har doim futbolchiga e'tibor qaratib kelgan. Murabbiy biror qaror qabul qilishdan avval uni mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida kuzatmoqchi.

Bir nechta klub Toni rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq, futbolchi uchun har doim «Barsa»da muvaffaqiyat qozonish ustuvor vazifa bo'lib kelgan.
Mark-Andre ter Shtegen mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Mark-Andre ter Shtegen mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Darvozabon yaqin kunlarda Amsterdamga yo'l olishi kutilmoqda.

Karlos Monfort xabariga ko'ra, Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" ruxsati bilan bugungi mashg'ulotda ishtirok etmadi. U yaqin kunlarda Amsterdamga safar qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Yuristlar va klublar hali ham soliq va byurokratik masalalarni hal qilmoqda, ammo muzokaralarga yaqin manbalar bitim yakunlanishida hech qanday muammo bo'lmasligini tasdiqlashmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Hansi Flik Brayan Farinyasning kelajagi borasida yakuniy qarorni kechiktirdi

Hansi Flik Brayan Farinyasning kelajagi borasida yakuniy qarorni kechiktirdi

Karlos Monfort xabariga ko'ra, Xansi Flik yosh yarim himoyachi Brayan Farinyasni yaqinroq kuzatish uchun uning kelajagi borasidagi qarorni kechiktirdi.

Karlos Monfort (🌖) xabariga ko'ra, bugun Deku Brayan Farinyasning agenti bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yarim himoyachining kelajagi bilan bog'liq vaziyat muhokama qilindi.

Klub futbolchining ko'rsatayotgan o'yinidan juda mamnun. Uning ishga bo'lgan yondashuvi va o'yin saviyasi Xansi Flikni ishontira oldi. Murabbiy futbolchining kelajagi borasida biror qaror qabul qilishni to'xtatib turishni so'radi, toki uni yaqinroq kuzatish imkoniga ega bo'lsin.

U «Barsa»ning asosiy jamoasi bilan mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazadi. Flik ilk mashg'ulotlardanoq futbolchining mahoratidan hayratda qoldi va unga asosiy tarkibga loyiqligini isbotlash uchun imkoniyat bermoqchi. «Barsa» va futbolchining atrofidagilar o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, futbolchining o'zi esa taqdim etilgan imkoniyatdan juda xursand ❤️

Barselona Emerik Laportni kuzatmoqda

Barselona Emerik Laportni kuzatmoqda

Karlos Monfort xabariga ko'ra, Barselona Emerik Laportni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Karlos Monfort xabariga ko'ra, Barselona Emerik Laport bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Klub yaqin kunlarda futbolchining vakillari bilan bog'lanib, uning kelgusi rejalarini shaxsan bilib olishni rejalashtirmoqda.

Barsa ushbu variantdan juda manfaatdor, chunki u chap oyoqda o'ynaydigan va arzon variant hisoblanadi. Dekuning AQShdagi safari chog'ida dastlabki muzokaralar o'tkazilgan va tomonlar Jahon chempionatidan so'ng muloqotni qayta boshlashga kelishib olishgan.

Uning tovon puli 15 million yevrodan kamroqni tashkil etadi, bu esa moliyaviy nuqtai nazardan uni juda jozibador variantga aylantiradi.