Aleks Pintanel xabariga ko'ra, Adeyemi allaqachon «Barselona» bilan shartnoma imzolab bo'lgan.
Karlos Monfort ma'lumotiga ko'ra, «Barsa» bugun barcha zarur hujjatlarni tayyorlash va Adeyemi transferi bo'yicha maksimal ish hajmini bajarish ustida ishlamoqda. Maqsad — operatsiyaning keyingi bosqichlarini kechiktirishi mumkin bo'lgan har qanday ma'muriy muammolarning oldini olish va Gordon bilan bog'liq vaziyat takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikdir.
Skautlar bo'limi rahbari Joao Amaral bugun Serjiu Alvesh (Jorje Mendesh maslahatchisi) va Paulu Kastro Rendeyro (Mendeshning ishonchli yuristi) bilan uchrashdi. Uchrashuvda barcha hal etilmagan masalalarni muvofiqlashtirishni davom ettirish uchun operatsiyada ishtirok etayotgan boshqa shaxslar ham qatnashdi. Amaral «Barsa» sport bo'limida tobora ko'proq ta'sirga ega bo'lmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!