Hansi Flik Brayan Farinyasning kelajagi borasida yakuniy qarorni kechiktirdi
Karlos Monfort xabariga ko'ra, Xansi Flik yosh yarim himoyachi Brayan Farinyasni yaqinroq kuzatish uchun uning kelajagi borasidagi qarorni kechiktirdi.
Karlos Monfort (🌖) xabariga ko'ra, bugun Deku Brayan Farinyasning agenti bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yarim himoyachining kelajagi bilan bog'liq vaziyat muhokama qilindi.
Klub futbolchining ko'rsatayotgan o'yinidan juda mamnun. Uning ishga bo'lgan yondashuvi va o'yin saviyasi Xansi Flikni ishontira oldi. Murabbiy futbolchining kelajagi borasida biror qaror qabul qilishni to'xtatib turishni so'radi, toki uni yaqinroq kuzatish imkoniga ega bo'lsin.
U «Barsa»ning asosiy jamoasi bilan mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazadi. Flik ilk mashg'ulotlardanoq futbolchining mahoratidan hayratda qoldi va unga asosiy tarkibga loyiqligini isbotlash uchun imkoniyat bermoqchi. «Barsa» va futbolchining atrofidagilar o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, futbolchining o'zi esa taqdim etilgan imkoniyatdan juda xursand ❤️