Karlos Monfort xabariga ko'ra, «Barselona» 18 yoshga to'lgan Toni Fernandesga 2031-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.
Taklif deyarli tayyor, biroq futbolchining kelajagi yaqin haftalarda, mavsumoldi tayyorgarlik qanday o'tishi va asosiy jamoaning sport rejalariga qarab aniqlanadi. Adeyemining jamoaga kelishi Toni kelajagini noaniq qilib qo'ymoqda.
Xansi Flik har doim futbolchiga e'tibor qaratib kelgan. Murabbiy biror qaror qabul qilishdan avval uni mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida kuzatmoqchi.
Bir nechta klub Toni rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq, futbolchi uchun har doim «Barsa»da muvaffaqiyat qozonish ustuvor vazifa bo'lib kelgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!