#Teo Ernandes — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Teo Ernandes Fransiya termasining mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
Al-Hilal ↗ Matbuot

Teo Ernandes Fransiya termasining mag'lubiyatidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes Yevro-2024dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng muxlislarga murojaat qildi.

🏆 Teo Ernandes o'zining IG sahifasida quyidagicha fikr bildirdi:

Bunday hafsalasi pir bo'lishdan keyin so'z topish juda qiyin. Biz oxirigacha borib, butun mamlakatni o'zimiz bilan faxrlantirmoqchi edik, ammo hammasi biz kutgandek bo'lmadi. Barcha fransuzlarga ushbu yo'l davomidagi qo'llab-quvvatlashingiz, ishonchingiz va g'ayratingiz uchun rahmat. Yaxshi damlarda ham, eng qiyin vaziyatlarda ham siz doimo yonimizda bo'ldingiz.

O'ng ustun yangiliklari

Teo Ernandes Italiyaga qaytishni istamoqda
MilanAC ↗ Transfer

Teo Ernandes Italiyaga qaytishni istamoqda

Tuttosport xabariga ko'ra, Teo Ernandes Italiyaga qaytishni istamoqda, biroq uning yuqori maoshi transferga to'sqinlik qilishi mumkin.

👀 Teo Ernandes Italiyaga qaytishni istamoqda.

Tuttosport xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi o'z xizmatlarini «Yuventus»ga taklif qilgan, shuningdek, u «Napoli»ning ham e'tiboriga tushgan. Biroq asosiy muammo — uning Saudiya Arabistonidagi maoshi (yiliga 20 million yevro), buni hech qaysi Italiya klubi to'lashga tayyor emas.

❓ Teoni yana A Seriyada ko'rishni istarmidingiz?

«Barselona» Toni Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

«Barselona» Toni Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

«Barselona» 18 yoshli Toni Fernandes bilan 2031-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma ustida ishlamoqda. Futbolchining kelajagi mavsumoldi yig'inidan so'ng aniq bo'ladi.

Karlos Monfort xabariga ko'ra, «Barselona» 18 yoshga to'lgan Toni Fernandesga 2031-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilish ustida ishlamoqda.

Taklif deyarli tayyor, biroq futbolchining kelajagi yaqin haftalarda, mavsumoldi tayyorgarlik qanday o'tishi va asosiy jamoaning sport rejalariga qarab aniqlanadi. Adeyemining jamoaga kelishi Toni kelajagini noaniq qilib qo'ymoqda.

Xansi Flik har doim futbolchiga e'tibor qaratib kelgan. Murabbiy biror qaror qabul qilishdan avval uni mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida kuzatmoqchi.

Bir nechta klub Toni rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq, futbolchi uchun har doim «Barsa»da muvaffaqiyat qozonish ustuvor vazifa bo'lib kelgan.