Bruno Gimaraes «Arsenal»ga o'tishi mumkin
Bruno Gimaraesning agentlari futbolchining «Arsenal»ga o'tishi ustida ishlamoqda. «Nyukasl» 80 million funtdan ortiq taklifni qabul qilishi qiyin bo'lishi mumkin.
Bruno Gimaraesning agentlari futbolchining «Arsenal»ga o'tishini amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda.
«Nyukasl» rahbariyati vaziyatni tushunib turibdi va klub muxlislarining xavotirlarini ko'p jihatdan bo'lishadi.
Martin Hardy / The Times xabariga ko'ra, agar «Arsenal»ning qiziqishi jiddiy bo'lsa, 80 million funtdan ortiq taklif «Nyukasl»ni juda qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin.