Bruno Gimaraes «Arsenal»ga o'tishini kutmoqda
Bruno Gimaraes «Nyukasl»ning mavsumoldi yig'iniga bormadi. U «Arsenal»ga o'tishini kutib, Braziliyada qolishga qaror qildi.
Lancenet xabariga ko'ra, Bruno Gimaraes «Nyukasl»ning mavsumoldi yig'iniga borishdan bosh tortdi. Yarim himoyachi «Arsenal»ga transferi bilan bog'liq yakuniy jarayonlarni kutib, Braziliyada oilasi bilan qolishni ma'qul ko'rdi.
Lancenet ma'lumotiga ko'ra, Gimaraes tibbiy ko'rik va «Arsenal»ga transferi rasman e'lon qilinishini kutib, Braziliyada oilasi bilan qolishni afzal ko'rmoqda. «Arsenal» bitimni yakunlash bo'yicha progressga erishmoqda.