Aleks Balde: «Barselona» hech kimdan qo'rqmaydi»
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 6

Aleks Balde: «Barselona» hech kimdan qo'rqmaydi»

❓Bu mavsumda shaxsiy maqsadlaringiz qanday?

🗣 Balde: «Mening asosiy maqsadim, har yilgidek, rivojlanishda davom etish va o'rganishdir. Men hali ham juda yosh o'yinchiman. Atigi 22 yoshdaman va o'sish uchun katta salohiyatga egaman. Shu ruhda davom etishim kerak».

❓Jamoa darajasidachi?

🗣 Balde: «Biz Xansi bilan ikki juda muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazdik. Milliy miqyosda bu ikki yil ichida deyarli hamma narsani yutdik. Biz ko'proq narsani xohlaymiz, shu ruhda davom etishni istaymiz. Orzu qilishda va barcha sovrinlar uchun kurashishda davom etish kerak».

❓Siz chempionat, Kubok va Superkubokni yutdingiz. Chempionlar ligasi asosiy maqsadmi?

🗣 Balde: «Bu aniq. Bu eng muhim sovrin va barchamiz uni yutishni xohlaymiz. Bu bizning maqsadimiz, ammo biz bunga haddan tashqari berilib ketmasligimiz kerak. Qadam-baqadam borish, ishlash kerak, shunda muvaffaqiyat albatta keladi».

❓«Barsa»da Chempionlar ligasi uchun yetarlicha tarkib bormi?

🗣 Balde: «Bizda sakkiz nafar jahon chempioni bor, ular katta ishonch bilan kelishadi. Bundan tashqari, bizda ajoyib tarkib bor, buni so'nggi yillarda ko'rsatib kelmoqdamiz. Ishonchim komilki, bizni buyuk ishlar kutmoqda».

❓Hozircha ikki yangi o'yinchi keldi: Gordon va Adeyemi. Ikkinchisi allaqachon siz bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. U haqida fikringiz qanday?

🗣 Balde: «U bu yerga kelganiga ko'p bo'lmadi, lekin u bilan yetarlicha gaplashdim. O'ylaymanki, o'rtamizda yaxshi munosabatlar shakllandi. U xotirjam yigit taassurotini qoldirmoqda. Umid qilamanki, u mavsum davomida bizga juda katta yordam bera oladi va bunga ishonchim komil. U juda tezkor. Bu o'yinchini anchadan beri bilardim va uning tezligi meni hayratda qoldirdi».

❓Siz sovrinlar va yangi o'yinchilar haqida gapiryapsiz. «Real Madrid» ham tarkibini juda yaxshi kuchaytirmoqda.

🗣 Balde: «Real» — bu «Real», dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Biz esa o'zimiz haqimizda o'ylashimiz, o'z yo'limizdan borishimiz, maqsadlar qo'yishimiz va vazifalarimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Agar hamma narsani to'g'ri qilsak, katta muvaffaqiyatlarga erisha olamiz».

❓Mourinyuning qaytishi va yangi xaridlar bilan bu «Real» qo'rquv uyg'otyaptimi?

🗣 Balde: «Biz ulardan qo'rqmaymiz. Bu sport, unda o'n birga o'n bir o'ynaladi. Maydonga tushganimizda, nomlarning hech qanday ahamiyati yo'q, ular muhim emas. Chempionat juda uzun, ular bilan esa atigi ikki marta o'ynaymiz. Chempionat taqdiri bizga bog'liq».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!