❓ Kelajagingiz haqida ko'p gapirilmoqda. Shartnomangiz 2028-yilga qadar mo'ljallangan. Rejalaringiz qanday?
🗣 Balde: «Odamlar doim ko'p gapirishadi, lekin «Barsa» — bu mening uyim. Men bu klubda 16 yildan beri, butun umrim davomida to'p surib kelmoqdaman. Men shu yerda muvaffaqiyatga erishmoqchiman, xayollarim shu yerda. Men Barselonadanman, bu mening uyim. Men faqat shu yerda yana ko'p yillar qolish haqida o'ylayapman. Hech qanday ketishlar yo'q».
❓ Adashmasam, sizning avlodingizdan «Barsa»da faqat siz qoldingiz.
🗣 Balde: «Bu qanchalik qiyin darajaga yetib kelganim haqida o'ylashga majbur qiladi. Bu mehnat va boshqa ko'plab omillar uyg'unligi. Men «Barsa» muxlisiman, Barselonadanman. Menga bu yerdan yaxshiroq joy bo'lmaydi».
❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!