Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

AS Monaco — yangiliklari

AS Monaco va bog'liq yangiliklar

Monako Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichidagi raqibini bilib oldi

Monako Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichidagi raqibini bilib oldi

Monako Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichida «Ferensvarosh» va «Gurnik Zabje» juftligida mag'lub bo'lgan jamoa bilan to'qnash keladi.

⚔️ Yevropa ligasidan tushib qolgan juftlik bizga raqib bo'ldi:

«Ferensvarosh» - «Gurnik Zabje»

Biz ushbu juftlikda mag'lub bo'lgan jamoa bilan 20-avgust kuni safarda, 27-avgust kuni esa o'z uyimizda to'qnash kelamiz.

Har doimgidek, eng qiyin bosqichda eng qiyin raqib tushdi.
Lyuka Mishal «Serkl Bryugge»ga ijaraga berildi

Lyuka Mishal «Serkl Bryugge»ga ijaraga berildi

Lyuka Mishal mavsum yakuniga qadar «Serkl Bryugge» safida ijara asosida o'ynaydi. Futbolchi yangi jamoasida 22-raqamni tanladi.

Endi rasman: Lyuka Mishal «Serkl Bryugge» klubiga ijaraga o'tdi.

Futbolchi mavsum yakuniga qadar ijara asosida to'p suradi. Kelishuvda uni sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. O'yinchi yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi.

Roma hujum chizig'ini Simon Adingra bilan kuchaytirmoqchi
АS ROMA ↗ Transfer

Roma hujum chizig'ini Simon Adingra bilan kuchaytirmoqchi

«Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun «Sanderlend» vingeri Simon Adingra nomzodini ko'rib chiqmoqda. Futbolchi 35 million yevroga baholanmoqda.

Simon Adingra «Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ko'z ostiga olingan futbolchilardan biri.

Leggo xabariga ko'ra, D'Amiko hujumchi Nuse transferidan tashqari bir nechta loyihalar ustida ishlamoqda. Ular orasida «Sanderlend» vingeri ham bor, u yaqinda «Monako»dagi ijaradan qaytdi. Futbolchi taxminan 35 million yevroga baholanmoqda va uning Premyer-ligadagi tajribasi hamda mahorati klub e'tiborini tortgan.

Bog'liq yangiliklar

PSJ Magnes Akliush transferi bo'yicha muzokaralarni yakunlamoqda

PSJ Magnes Akliush transferi bo'yicha muzokaralarni yakunlamoqda

Fabrisio Romano va Kuarez xabariga ko'ra, Monako va PSJ Magnes Akliush transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi.

Fabrisio Romano va Kuarez xabariga ko'ra, Monako va PSJ Magnes Akliush transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Tomonlar hozirda kelishuvning so'nggi detallarini muhokama qilmoqda. 🧲

Aleksandr Golovin «Monako»ni tark etishi mumkin

Aleksandr Golovin «Monako»ni tark etishi mumkin

L'Equipe xabariga ko'ra, «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin yozda klubni tark etishi mumkin. Unga Italiya klublaridan qiziqish bor.

L'Equipe xabariga ko'ra, Aleksandr Golovin uchun «Monako»dan ketish eshiklari ochiq qolmoqda.

«Monako» futbolchini 25 million yevro evaziga sotib yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Rossiya va Saudiya Arabistoni klublari allaqachon qiziqish bildirgan, shuningdek, kurashga Italiya klublaridan biri ham qo'shilgan.

Ushbu qarorning asosiy sabablaridan biri — jamoa maoshlar fondini qisqartirish istagi.