Bamba Nyukaslga o'tganidan xursand
Nyukaslning yangi futbolchisi Bamba klubga o'tganidan mamnun ekanligini va yangi chaqiriqlarga tayyorligini aytdi.
Bamba: «Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Bu yangi chaqiriq va men ishni tezroq boshlashni istayman. Nyukaslning qiziqishini eshitib, juda xursand bo'ldim.
Men klub tarixini bilaman va stadionda ham bo'lib ulgurdim. Bu ajoyib joy. Maydonga tushadigan lahzani sabrsizlik bilan kutyapman va muxlislar bilan birgalikda ko'plab yorqin damlarni boshdan kechirishga umid qilaman.
Men o'zimni yangi chempionatda, dunyoning eng kuchli ligasida sinab ko'rishni kutyapman. O'tgan mavsumda ko'p narsani o'rgandim va endi yangi chaqiriqqa tayyor ekanligimni his qilyapman. Men bor kuchimni shu klub uchun sarflayman».