Fabrisio Romano Barkolani sotib olish muammosi haqida:
«Liverpul», PSJ va futbolchining vakillari muntazam ravishda aloqada bo'lib turishibdi.
Hozircha hech narsa yakuniy bosqichda emas. Bilaman, kecha sizga «taklif tayyorlanmoqda, tez orada yuboriladi» deb aytishgan. Ammo masala bunday emas.
Taklif, albatta, bo'ladi. «Liverpul» Barkolani istamoqda, shuning uchun futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishilgach, rasmiy taklif ham yuboriladi. Barkola «Liverpul»ga o'tishni juda xohlaydi va bu variantga katta ishtiyoq bilan qarayapti.
Barchasi PSJ bilan kelishuvga borib taqalmoqda. Bu asosiy nuqta va uni kelishib olish uchun vaqt talab etilishi mumkin. PSJ allaqachon bir nechta hujumkor futbolchisini yo'qotdi.
Hozir klub yana bir bitimni – Akliush bo'yush bo'yicha – yakunlamoqda, jamoani bir nechta hujumchi tark etdi. Shu sababli muddatlar ham muhim: PSJga hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha o'z yechimlarini topish imkoniyatini berish kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!