Djamel: «Liverpul» Barkolya uchun rasmiy taklif yubormagan
PSJ insayderi Djamel «Liverpul» Bredli Barkolya uchun rasmiy taklif yuborgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
PSJ atrofidagi voqealar bo'yicha insayder Djamel Deyv Okopning «Liverpul» Bredli Barkolya uchun taklif yuborgani haqidagi xabarini rad etdi.
Djamel xabariga ko'ra, ikki tomon o'rtasida og'zaki muzokaralar davom etayotgan bo'lsa-da, klub hozirgi vaqtda «Liverpul»dan birorta ham yozma taklif qabul qilib olmagan.