Rasman! Azizxon Isaqov “Buxoro” jamoasi futbolchisi!
Ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish va sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida jamoamiz ilk transferni amalga oshirdi! ✅
Mavsumning birinchi qismini “Qo’qon-1912” jamoasida o’tkazgan iqtidorli darvozabon Azizxon Isaqov endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi!
Ma’lumot uchun Azizxon Isaqov
23-dekabr 2000-yilda tavallud topgan. “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida “Paxtakor”, “Surxon”, “Qo’qon-1912” kabi klublar darvozasini qo’riqlagan. Klublar miqyosida jami 72 uchrashuv o’tkazib, 25 ta o’yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Azizxon Isaqovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!