Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi futbolchisi
PFC BUKHARA ↗ ●●●●● Transfer 👁 29

Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi futbolchisi

Mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan Buxoro navbatdagi transferni amalga oshirdi! ✅

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida to’p surgan himoyachi Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

Islombek Baratov 2000-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Yangiyer”, “Sho’rtan”, “Mash’al hamda “Lokomotiv” kabi klublar safida to’p surgan. Baratov o’ng qanot himoya va yarim himoyada birdek harakatlana oladi. Klublar miqyosida 100 ta uchrashuv o’tkazib 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Islombek Baratovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!