⚠️⚽️ Bosh murabbiy Vensan Kompani hujum chizig'idagi o'yinchilar yetishmovchiligi muammosiga duch kelishi mumkin
❌ 20-iyul kuni mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishiga qadar hujumkor futbolchilarning hech biri jamoaga to'liq tayyorgarlik holatida qo'shila olmasligi kutilmoqda
👀 Ko'rinishidan, 27-30-iyul kunlari Tegernzeda bo'lib o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida ham xuddi shunday vaziyat saqlanib qoladi. Gap Keyn, Olise, Dias, Saybari, Karle, Gnabri va Musiala haqida bormoqda
ℹ️ Qolaversa, Keyn, Olise va Diasning (1-8-avgustga rejalashtirilgan) Osiyo turnesiga borish-bormasligi ko'p jihatdan ularning jahon chempionatidan keyin qancha dam olishiga bog'liq
📉 Eng yomon holatda, bu uchlik «Bavariya» safiga faqat Osiyo turnesi yakunlangandan keyingina qo'shila oladi
✔️ Kompani ularga kelgusi mavsum oldidan to'liq dam olish va tiklanish imkonini bermoqchi
📰 BILD
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!