Paris FC klubi N'Golo Kante uchun o'ziga xos taklif tayyorlamoqda. Unga klub aksiyalaridan ulush va kelajakda rahbarlik lavozimi va'da qilinmoqda.
Paris FC klubi N'Golo Kante uchun o'ziga xos taklif tayyorlamoqda.
Klub futbolchiga jamoa aksiyalaridan ulush taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, agar u xohlasa, futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylar shtabi yoki klub rahbariyatida lavozim egallashi mumkin.
Dante Vensan Kompani bilan ishlash, o'z murabbiylik falsafasi va «1860»ga qarshi bo'lajak derbi haqida fikrlarini bildirdi.
Dante:
Vensandan atigi ikki kun ichida ko'p narsani o'rgandim, ayniqsa uning munosabati va futbolchilar bilan muloqot qilish uslubi borasida. U ajoyib murabbiy. Men hali ko'p narsani o'rganishim kerak, lekin hamma narsani ko'chirib olishim shart emas. Bir nechta buyuk murabbiylar qo'l ostida ishlash baxtiga muyassar bo'lganingizda, faqat bittasiga yopishib qolmaslik kerak. Men Gvardiola, Xaynkes va Lyusen Favrdan eng yaxshi jihatlarni olib, o'z shaxsiy uslubimni shakllantirmoqchiman.
Dante o'zi yaratmoqchi bo'lgan o'yin uslubi haqida:
Men jamoamiz quvnoq futbol o'ynashini istayman. Ayniqsa, yosh futbolchilar maydonda bor kuchini berishdan zavq olishlari kerak, shunda ular o'yindan keyin ham baxtli bo'lishadi. Ammo bunga faqat qattiq mehnat va intizom orqali erishish mumkin. Taktika tanlashda to'liq erkinlikka egaman. Lekin birinchi jamoa bilan bir xil uslubda mashg'ulot o'tkazish va o'ynash mantiqiyroq. Yakunda men yosh futbolchilarni Vensanning tarkibiga kirishga tayyorlamoqchiman. Bizning asosiy maqsadimiz — o'yinchilarning rivojlanishiga yordam berish.
Dante «1860»ga qarshi derbi haqida:
U qachon bo'lishini aniq bilaman: 17 oktyabr. U yerda his-tuyg'ular va adrenalin ancha yuqori bo'ladi. Ba'zi muxlislar allaqachon men bilan bu o'yin haqida gaplashishdi va biz albatta g'alaba qozonishimiz shartligini aytishdi.
Jeymi Vardi N'Golo Kante dastlab Fransiya emas, Mali terma jamoasida o'ynashni rejalashtirgani haqida so'zlab berdi.
🎙 Jeymi Vardi o'zining "Jamie Vardy's Having a Party" podkastida N'Golo Kante boshqa terma jamoa sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgani haqida gapirib berdi:
N'Golo Kante Fransiya terma jamoasida o'ynashni istamagani rost. U otasining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Mali terma jamoasi safida to'p surmoqchi edi.
Ammo Fransiya terma jamoasi uni Mali taklifidan oldinroq chaqirdi. Men va "Lester"dagi jamoadoshim unga shunday degan edik: "Nima qilyapsan o'zi? Fransiyani tanla, ular Jahon chempionligini qo'lga kiritishadi!"
Agar "Pari" 14,5 mln yevrolik maoshning 7 mln yevrosini qoplab bersa, transfer amalga oshadi.
turk OAV Xabar qilinishicha, "Parij" Kante transferi bo'yicha "Fenerbaxche" bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar "Pari" 14,5 mln yevrolik maoshning 7 mln yevrosini qoplab bersa, transfer amalga oshadi.
Dante "Bavariya"ning zaxira jamoasida ish boshlagani va Myunxenga qaytganidan xursand ekanligini aytdi.
🎙 Dante:
"Bavariya" men uchun o'ziga xos klub, Myunxen esa ikkinchi uyimdek. Men doimo Germaniyaga qaytishni va Bundesligani sevganman.
"Bavariya"ning zaxira jamoasida ishlash imkoniyati paydo bo'lganda, ko'p o'ylab o'tirmadim. Albatta, faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng tanaffus olishim mumkin edi, ammo bunday klubda ishlab, yosh futbolchilarga yordam berish imkoniyati juda qadrli. Bu imkoniyat uchun juda minnatdorman.