Antoni: Kelasi haftadan maydonga qaytaman
Real Betis futbolchisi Antoni jarohatlardan so'ng o'zini yaxshi his qilayotganini va kelasi haftadan o'yinlarda qatnashishini ma'lum qildi.
Antoni o'zining jismoniy holati haqida gapirdi:
Men a'lo darajadagi formadaman. O'tgan mavsumdagi jarohatlarimga qaraganda ancha yaxshiman. Uch-to'rt kundan beri mashg'ulotlarda qatnashyapman. Xotirjamlikni saqlash kerak, ammo o'ylaymanki, kelasi haftadan maydonga tusha olaman.