«Roma» Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda
«Roma» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
«Roma» «Manchester Yunayted» klubidan Markus Reshfordni transfer qilish imkoniyatini surishtirdi.
Lorenso Kanikkoning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, Markus Reshfordning ismi «Manchester Yunayted» bilan Manu Kone transferi bo‘yicha olib borilgan muzokaralar chog‘ida tilga olingan.
Hozirgi bosqichda ushbu transfer ehtimoli dastlabki muhokama darajasida turibdi. Kelishuvdagi asosiy to‘siq ingliz hujumchisining maoshi hisoblanadi, u rimliklar klubi belgilagan moliyaviy doiradan sezilarli darajada yuqori. Shunga qaramay, Fridkinlar oilasi transfer bozorida shov-shuvli xaridni amalga oshirish va Jan Pero Gasperini jamoasi tarkibini kuchaytirish uchun jahon darajasidagi futbolchini qo‘lga kiritish niyatida.