Enso Mareska "Lester" va "Chelsi"dagi faoliyatini eslab, hozirgi diqqatini to'liq "Manchester Siti"ga qaratganini ta'kidladi.
Enso Mareska o'zining avvalgi klublari haqida shunday dedi:
"Ikkala sobiq klubimda ham omadim chopdi. Ham "Lester", ham "Chelsi"da biz ajoyib ish qildik. Jamoaning aniq uslubi bor edi, natijalar ham qayd etildi. Ushbu klublarning bir qismi bo'lganimdan xursandman. Ammo hozir men bu yerdaman va men uchun eng muhimi – "Manchester Siti". Boshqa qo'shimcha gapim yo'q".
Patson Daka «Gamburg» bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Zambiyalik hujumchi yangi jamoasida 27-raqam ostida to'p tepadi.
Patson Daka — «Gamburg» futbolchisi! Zambiyalik hujumchi klub bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.
💬 Patson Daka:
Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Men ishtiyoqli va shijoatli futbolchiman, vazifam — gollar urish. O'ylaymanki, jamoaga aynan shu bilan yordam bera olaman. Klubning bir nechta o'yinini tomosha qildim. Bu juda qiziqarli jamoa va uning bir qismi bo'lganimdan baxtliman. Klub rahbariyati meni juda iliq kutib oldi va boshidanoq bu yerda deyarli oilaviy muhit hukm surayotganini his qildirdi. Men uchun hammasi darhol oydinlashdi, shuning uchun uzoq o'ylashimga to'g'ri kelmadi. Ko'plab ijobiy suhbatlar bu qarorni qabul qilishimni juda osonlashtirdi.
💬 Klaus Kosta:
Patson bizning o'yin modelimiz uchun zarur bo'lgan ko'plab sifatlarga ega. U energiya, tezlik va bo'sh zonalarga chiqish qobiliyatini yuqori intensivlikdagi pressing bilan uyg'unlashtiradi. Shu tufayli u bizga ham yuqori pressingda, ham himoyadan hujumga tez o'tishda qo'shimcha imkoniyatlar beradi. Muzokaralarimiz davomida Patson juda mulohazali, kamtar va ambitsiyali inson taassurotini qoldirdi. Uning endilikda oilamizning bir qismi bo'lganidan xursandmiz.
Patson Daka Yevropaga 2017-yilda Avstriyaning «Lifering» klubi orqali kirib kelgan. Yarim yildan so'ng u «Zalsburg»ga o'tdi. Klub safidagi statistikasi: 125 ta o'yin, 68 ta gol va 27 ta golli uzatma.
2021-yil yozida Daka «Lester»ga o'tdi va o'tgan mavsum oxirigacha shu jamoada to'p tepdi: jami 165 ta o'yin, 29 ta gol va 18 ta uzatma. Zambiya terma jamoasida hujumchi 2015-yilda debyut qilgan (48 ta o'yin, 21 ta gol). «Gamburg»da zambiyalik futbolchi 27-raqam ostida harakat qiladi.
Ugo Viana yangi futbolchi Jeremi Monga haqida fikr bildirdi. Jurnalist Aleks Jeymsning yozishicha, futbolchi Osiyo turnesiga yo'l oladi.
Ugo Viana:
Jeremi — o'zining yosh karyerasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan va'dali futbolchi. Klubimiz uni anchadan beri kuzatib keladi. U "Lester" safida o'ynaganida biz uning qobiliyatiga o'z ko'zimiz bilan guvoh bo'lganmiz. Hozir u atigi 17 yoshda. Ishonchimiz komilki, u o'sishda davom etadi va bu uning karyerasidagi to'g'ri qadamdir. Biz unga har tomonlama yordam berishga tayyormiz.
MEN nashri jurnalisti Aleks Jeymsning yozishicha, Monga Osiyo bo'ylab tashkil etiladigan turnega yo'l oladi. Shundan so'ng uning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Inter bosh murabbiyi Kristian Kivu Enzo Mareskaning murabbiylik faoliyati va erishgan natijalari haqida gapirdi.
💭 "Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Enzo Mareska haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"U avvalroq klubda ishlagan, chunki Pep bilan hamkorlik qilgan. Keyin u o'z murabbiylik faoliyatini boshladi va hozircha o'z vazifalarini a'lo darajada bajarmoqda. Unga "Lester" va "Chelsi"da oson bo'lmadi, ammo u Chempionship va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi. U mos murabbiy, chunki Pep bilan ishlagan va o'z qarashlariga ega. U dunyodagi eng yosh murabbiylardan biri, hali ustida ishlashi kerak bo'lgan jihatlari bor, garchi hozirgacha yaxshi natijalar ko'rsatgan bo'lsa ham".
Jeymi Vardi N'Golo Kante dastlab Fransiya emas, Mali terma jamoasida o'ynashni rejalashtirgani haqida so'zlab berdi.
🎙 Jeymi Vardi o'zining "Jamie Vardy's Having a Party" podkastida N'Golo Kante boshqa terma jamoa sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgani haqida gapirib berdi:
N'Golo Kante Fransiya terma jamoasida o'ynashni istamagani rost. U otasining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Mali terma jamoasi safida to'p surmoqchi edi.
Ammo Fransiya terma jamoasi uni Mali taklifidan oldinroq chaqirdi. Men va "Lester"dagi jamoadoshim unga shunday degan edik: "Nima qilyapsan o'zi? Fransiyani tanla, ular Jahon chempionligini qo'lga kiritishadi!"
Abdul Fatawu «Lester Siti» safiga o'tdi. Transfer summasi 20 mln funtni tashkil etib, shartnoma 2031-yilga qadar imzolandi.
✅ Abdul Fatawu safga qo'shildi!
Transfer summasi 20 million funt sterlingni tashkil etdi, shuningdek, yana 3 million funt bonus sifatida ko'zda tutilgan. Tomonlar 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolashdi.
Lids Yunayted APLga chiqa olmagani uchun Lester ustidan sudga shikoyat qildi. The Athletic xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi sud jarayoni boshlangan.
The Athletic yozishicha, Lids Yunayted APLga chiqa olmagani uchun Lester ustidan sudga shikoyat qildi.
Yorkshir klubi Lester Siti ustidan sud jarayonini boshladi. Lids tulkilarni 2023/24-yilgi mavsumda APLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum qilganlikda ayblamoqda.
Elland Roud rahbariyati Burnli shunga o'xshash vaziyatda Evertondan 35 million funt undirib olganidan keyin shunday qarorga keldi. Irislar PSR qoidalarini buzgan, biroq faqat keyingi mavsumda jazolangan edi. Natijada, Burnli sud orqali Everton o'rniga quyi ligaga tushib ketgani sababli moliyaviy zarar ko'rganini isbotlagan.
Lids o'z da'vosida Lesterga nisbatan e'tirozlarini ko'rsatib o'tdi. Tulkilar 23/24-yilgi mavsumda PSR qoidalarini buzgan, ammo buning uchun kechroq jazolangan. Oqlar aniq moliyaviy yo'qotishlarni ko'rsatib, yetkazilgan zararni umumiy baholashni so'rashdi. Lids Lester o'sha mavsumdayoq jazolanganida, Farke jamoasi APLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lishini isbotlamoqchi.
Sud eshituvlari kelasi yozda bo'lib o'tishi kutilmoqda. Har ikki klub hozircha rasmiy izoh berishdan bosh tortmoqda.