#Daniel Farke — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Lids Yunayted Lester ustidan sudga murojaat qildi

Lids Yunayted Lester ustidan sudga murojaat qildi

Lids Yunayted APLga chiqa olmagani uchun Lester ustidan sudga shikoyat qildi. The Athletic xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi sud jarayoni boshlangan.

The Athletic yozishicha, Lids Yunayted APLga chiqa olmagani uchun Lester ustidan sudga shikoyat qildi.

Yorkshir klubi Lester Siti ustidan sud jarayonini boshladi. Lids tulkilarni 2023/24-yilgi mavsumda APLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum qilganlikda ayblamoqda.

Elland Roud rahbariyati Burnli shunga o'xshash vaziyatda Evertondan 35 million funt undirib olganidan keyin shunday qarorga keldi. Irislar PSR qoidalarini buzgan, biroq faqat keyingi mavsumda jazolangan edi. Natijada, Burnli sud orqali Everton o'rniga quyi ligaga tushib ketgani sababli moliyaviy zarar ko'rganini isbotlagan.

Lids o'z da'vosida Lesterga nisbatan e'tirozlarini ko'rsatib o'tdi. Tulkilar 23/24-yilgi mavsumda PSR qoidalarini buzgan, ammo buning uchun kechroq jazolangan. Oqlar aniq moliyaviy yo'qotishlarni ko'rsatib, yetkazilgan zararni umumiy baholashni so'rashdi. Lids Lester o'sha mavsumdayoq jazolanganida, Farke jamoasi APLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lishini isbotlamoqchi.

Sud eshituvlari kelasi yozda bo'lib o'tishi kutilmoqda. Har ikki klub hozircha rasmiy izoh berishdan bosh tortmoqda.

O'ng ustun yangiliklari