Xarvi Barns "Nyukasl" bilan shartnomani uzaytirdi
Xarvi Barns "Nyukasl Yunayted" bilan 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
🚨 Xarvi Barns 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Keith Downie xabariga ko'ra.
Xarvi Barns "Nyukasl Yunayted" bilan 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
🚨 Xarvi Barns 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Keith Downie xabariga ko'ra.
«Nyukasl» direktori Ross Uilson Harvi Barns bilan shartnoma uzaytirilishi haqida fikr bildirdi.
Ross Uilson: «Harvining klubdagi statistikasi hammasini o'zi aytib turibdi. O'tgan mavsumda u yangi shaxsiy darajaga chiqdi va bu biz har kuni ko'rib turgan professionallik hamda kayfiyatni tasdiqlaydi.
Biz Barnsni kelajak rejalarimizning muhim qismi deb bilamiz, shuning uchun shartnomani uzaytirish mutlaqo mantiqiy qaror edi.
Fabian Sher va Sven Botman holatlarida bo'lgani kabi, biz Harvining tajribasini uning faoliyatidagi eng yaxshi yillar bo'lishi kutilayotgan kelgusi mavsumlarda ham jamoada saqlab qolganimizdan xursandmiz.
Hamma uning maydonda nimalarga qodirligini biladi va maydon tashqarisidagi xarakteridan ham yaxshi xabardor. Hozir u bo'lajak mavsumga to'liq e'tibor qaratgan va «Nyukasl»da erishgan barcha yutuqlarini yanada rivojlantirishni istaydi».
Xarvi Barns Nyukasl bilan shartnomasini uzaytirdi. Futbolchi klubdagi faoliyatini davom ettirayotganidan xursand ekanligini bildirdi.
Xarvi Barns yangi mavsum boshlanishidan avval klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi:
Yangi mavsum boshlanishidan avval yangi shartnoma imzolashga muvaffaq bo'lganimdan xursandman. Bu aqlbovar qilmas yo'l bo'ldi va uning davom etayotganidan juda mamnunman.
Jamoaga kelganimda, bu yer qanchalik o'ziga xos joy ekanligini tezda tushunib yetgandim. Uch yildan so'ng esa buni yanada chuqurroq his qilyapman. Men bu yerdagi hamma narsani - shaharni, stadionni, odamlarni yaxshi ko'raman. Shu bois klubdagi faoliyatimni uzaytirganimdan juda xursandman.
So'nggi bir necha yil ichida muvaffaqiyat ta'mini his qilishga va jamoa bilan o'ziga xos lahzalarni boshdan kechirishga ulgurdim. Barchamiz ko'proq narsani istaymiz va men klubning oldinga siljishiga yordam beradigan jamoaning muhim bir qismi bo'lishni xohlayman.
Everton Ndiayeni sotib yuborganidan so'ng, Barnes transferi ustida ish boshlashi kutilmoqda.
Everton Ndiayeni Saudiya Arabistoniga sotib yuborganidan so'ng, katta ehtimol bilan Barnes uchun harakat boshlaydi.
«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Xarvi Barns bilan uzaytirilgan yangi shartnoma haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eddi Xau:
Xarvi yangi shartnomaga to'liq loyiq. Bu uning qilgan mehnati hamda «Nyukasl»dagi uch yil davomida ko'rsatgan sifati aksidir.
Xarvi o'yinlarning hal qiluvchi pallalarida barqaror tarzda muhim vaziyatlarni yaratadi. U darvoza oldida xotirjam, xoh u birga-bir vaziyat bo'lsin, xoh uzoq masofadan yo'llangan zarba bo'lsin, shuningdek, qanotda doimo xavf tug'diradi.
U yuqori saviyada o'ynash bo'yicha katta tajribaga ega, ammo biz uning hali bundan ham ko'proq narsaga qodir ekanligiga ishonamiz.
Harvi Barns «Nyukasl Yunayted» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Rasman: Harvi Barns «Nyukasl Yunayted» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.