🚨 «Nyukasl» ertaga Matthias Jaissleni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qiladi.
Klub nemis mutaxassisini qo'lga kiritish uchun «Al-Ahli»ga 9,5 million funt sterling (11 million yevro) miqdorida tovon puli to'lashga rozi bo'ldi.
Rejaga ko'ra, Jaissle ertagayoq jamoaning Ispaniyaning La-Manga shahridagi yig'iniga qo'shiladi va futbolchilar bilan tanishadi.
«Al-Ahli» murabbiyni saqlab qolmoqchi edi, biroq «Nyukasl» uning tayinlanishiga qat'iy erishdi va kelishuvni yakunladi.
Jaissle to'rt yillik shartnoma imzolaydi.
Keith Downie
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!