"Braga" 18 yoshli ikki o'zbekistonlik futbolchi — Xasanov va Sodiqovni o'z safiga qo'shib oldi. Bu transfer amalga oshishi haqida bahorda xabar berilgandi.
Futbolchilarning Portugaliyadagi faoliyatini kuzatish qiziqarli bo'ladi. Buning bir nechta sabablari bor:
• "Braga" aksiyalarining bir qismi "PSJ"ga egalik qiluvchi Qatar Sports Investments fondiga tegishli.
• "Braga" dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan biriga ega. Bir necha yil avval klub o'zining "Sport shaharchasi"ni ochgan: 10 ta maydon, mini-futbol va basketbol maydonchalari, 55 o'rinli mehmonxona va dubl jamoasi uchun kichik stadion.
• "Braga" o'z tizimidan o'tgan futbolchilarni muntazam ravishda sotadi: Gomesni "Vulverxempton"ga, Fernandesni "Al-Ittihod"ga, Vitinyuni "Marsel"ga, Karmuni "Portu"ga va Trinkoni "Barselona"ga.
• Agar o'zbekistonlik futbolchilar asosiy jamoaga jalb etilsa, ularni "Manchester Siti" tizimida ishlagan, U-18 jamoasi bilan chempionlikka erishgan va Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan bosh murabbiy Visens kutib oladi.
Xullas, Xasanov va Sodiqov ajoyib sharoitlarga tushib qolishdi. Ularning o'z salohiyatini qay darajada rivojlantira olishini kuzatamiz.