Bavariya hali jahon chempionati boshlanmasidan oldin chorak finalga qadar yetib bormagan futbolchilari 1-8 avgust kunlari Osiyo bo'ylab o'tkaziladigan mavsumoldi turnesiga yo'l olishi haqida qaror qabul qilgandi.
Shu tariqa, Olise, Keyn va Upamekano tarkibdan tashqarida qolishadi.
Jahon chempionatida son qismidan jarohat olgan Ismael Saybari yaqin kunlarda Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Shundan so'ng uning jamoa bilan Osiyoga uchishi masalasiga oydinlik kiritiladi. Jamol Musiala va Alfonso Devis esa safda bo'lishi hamda turneda ishtirok etishi kutilmoqda.
Kicker xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!