Sky Sports jurnalisti Layal Tomas xabariga ko'ra, Aleks Skott "Bornmut"ning yangi shartnoma taklifini rad etdi. Yarim himoyachiga "Chelsi", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Bornmut" amaldagi shartnomasi yakunlanishiga ikki yil qolgan futbolchini sotishni istamayapti va yuqoridagi klublardan tushgan so'rovlarni rad etgan.
Klub Skott yangi shartnoma imzolashidan yoki amaldagi bitim asosida o'ynashda davom etishidan qat'i nazar, futbolchi kelgusi mavsumda jamoa safida qolishiga ishonmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!