🚨 «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott yozgi transfer oynasida «Chelsi» safiga qo'shilishni istamoqda.
David Ornstein xabariga ko'ra:
«Chelsi» futbolchi uchun 64 million funt sterling miqdorida rasmiy taklif bilan chiqdi, biroq «Bornmut» buni rad etdi va o'z pozitsiyasida qolmoqda — klub o'yinchini sotmoqchi emas.
Shuningdek, Angliya terma jamoasi a'zosi bo'lgan Skott «Bornmut» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. U ijtimoiy tarmoqlarda londonliklarning e'lonlariga faol munosabat bildirmoqda, xususan, Morgan Rojersning «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o'tishi haqidagi xabarga izoh qoldirgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!