Aleks Kruk, talkSPORT:
«Manchester Yunayted» Tayler Adams bo'yicha taklif bilan chiqish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Bornmut» 27 yoshli futbolchini bor-yo'g'i 35 million funt sterling evaziga qo'yib yuborishga tayyorligi haqidagi ma'lumotlar rad etildi.
Ammo «Yunayted» baribir Adamsni markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarga nisbatan arzonroq muqobil variant sifatida ko'rmoqda.
Boshqa variantlar qatorida: Manu Kone, Orelien Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Sander Berge bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!