Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Spain — yangiliklari Umumiy

Spain va bog'liq yangiliklar

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi. FIFA esa jamoaga nisbatan sanksiya qo'llamoqchi emas.

⚽️ Argentina terma jamoasini kelasi jahon chempionatlaridan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi: butun dunyo bo'ylab muxlislar Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin argentinalik futbolchilarning xulq-atvoridan norozi.

O'yin yakunida Paredes Gavi va Erik Garsiya bilan mushtlashib ketdi, Molina Rodrini urdi, shuningdek, boshqa argentinalik futbolchilar ham raqibga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lishdi.

Shu fonda muxlislar internetda Albiselesteni chetlatish chaqirig'i bilan petitsiya yaratishdi. Uni 23 milliondan ortiq odam imzoladi, FIFA esa o'yindan keyingi voqealar yuzasidan tekshiruv boshladi.

Biroq, tarqalib ketgan maktubga ko'ra, Infantino argentinaliklar uchun hech qanday sanksiya bo'lmasligini bildirgan — Janni Messi va jamoadoshlarini bor kuchi bilan maqtamoqda, ularning professionalligi va ishtiyoqini qayd etib, kumush medallar bilan tabriklamoqda. Italiyalik funksioner federatsiya prezidentiga kelgusi turnirlarda zafarlar tilagan.

Ko'rinishidan, Infantinoning iste'fosini talab qiluvchilar (Ispaniya va Angliyada allaqachon talab qilinmoqda) soni yanada ortishi mumkin.

Jahon chempionatidagi o'yinlar kelishilgan bo'lishi mumkin

Jahon chempionatidagi o'yinlar kelishilgan bo'lishi mumkin

IAG tashkiloti Jahon chempionatidagi 7 ta o'yinni shubhali tikishlar tufayli tekshiruvga oldi. The Athletic nashri tafsilotlarni ma'lum qildi.

IAG tashkiloti Jahon chempionatidagi 7 ta o'yinni shubhali tikishlar tufayli tekshiruvga oldi. Ekspertlar quyidagi uchrashuvlarni alohida ta'kidlashdi:

• Meksika va JAR o'rtasidagi o'yin, unda qizil kartochka ko'rsatilishiga ko'plab tikishlar qilingan (Zvanega 84-daqiqada qizil kartochka ko'rsatilgan).

• Ispaniya va Kabo-Verde o'rtasidagi o'yin, unda afrikaliklarning mag'lub bo'lmasligiga 4 million yevrodan ortiq pul tikilgan.

• Ispaniya va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin, unda VAR tekshiruvidan so'ng Ferran Torresning goli 3 daqiqadan ko'proq vaqt davomida bekor qilingan.

The Athletic xabariga ko'ra, guruh, shuningdek, Polymarket platformasida 2-iyuldayoq chetlatilgan Balogun ishtiroki bo'yicha liniya ochilganini aniqlagan (FIFA amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini atigi 3 kundan keyin bekor qilgan).
Jahon chempionati finalidagi tanaffus 30 daqiqagacha cho'zilishi mumkin

Jahon chempionati finalidagi tanaffus 30 daqiqagacha cho'zilishi mumkin

2026-yilgi JCh finalida tanaffus vaqtida katta shou bo'lib o'tadi. Bu jarayon ikkinchi bo'lim boshlanishini 30 daqiqagacha kechiktirishi mumkin.

2026-yilgi jahon chempionati finalida tomoshabinlar uchun katta shou rejalashtirilgan. Aynan shu shou sababli ikkinchi bo'limning boshlanishi kechikishi mumkin.

FIFA turnirga bir oy qolganda Shakira, Madonna va BTS guruhini xedlaynerlar sifatida e'lon qildi. Iyul oyi boshida esa ro'yxatga Jastin Biber ham qo'shildi. Shuningdek, Burna Boy, Gustavo Dudamel hamda Coldplay guruhining chiqishlari kutilmoqda. Tashkilotchilar ushbu qadam bilan oilaviy auditoriyani va mezbon mamlakat – AQSHdagi muxlislarni jalb etishni maqsad qilgan.

FIFA konsert 11 daqiqa davom etishini ta'kidlamoqda, biroq The Guardian va The Times nashrlari sahna dekoratsiyalarini o'rnatish va yig'ishtirib olish jarayoni sababli tanaffus 30 daqiqagacha cho'zilishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq, 2024-yilgi Amerika kubogi finalida Shakiraning chiqishi uchun tanaffus 25 daqiqaga uzaytirilgandi. The Times xabariga ko'ra, Angliyaning BBC va ITV telekanallari ham tanaffus yarim soat davom etishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jahon chempionati reglamentiga ko'ra, futbolchilar 15 daqiqalik tanaffusga ega. Biroq FIFA maxsus holatlarda reglamentga o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Shou vaqtida futbolchilar maydonda qiziy olmaydi, bu esa ularning jismoniy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

«Bu futbolchilarning jismoniy holatiga ta'sir qilishi mumkin, chunki ular tanaffusda haddan tashqari sovib qolishlari hech gap emas», — degandi murabbiy Lorenso ikki yil avval.

FIFA ushbu shouni xayriya maqsadlari bilan izohlamoqda. Biroq ekspertlar bu ko'proq tijoriy loyiha ekanligini ta'kidlashmoqda.

Finalissima 19-iyulga, Nyu-Yorkka ko‘chirildi.
Telegram ↗ Umumiy

Finalissima 19-iyulga, Nyu-Yorkka ko‘chirildi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi urush sababli qoldirilgan Finalissima 19-iyulga, Nyu-Yorkka ko‘chirildi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi urush sababli qoldirilgan Finalissima 19-iyulga, Nyu-Yorkka ko‘chirildi.

Jahon chempionati finalida amaldagi Yevropa va Janubiy Amerika chempionlari ilgari to‘qnash kelganmi yoki yo‘q, buni ko‘rib chiqish kerak.

UPD.  Bu Yevro va Amerika Kubogining amaldagi chempionlari Jahon chempionati finalida to‘qnash keladigan ilk holat bo‘ladi.

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi. Bu uning qanchalik o'ziga xos va aqlbovar qilmas futbolchi ekanligini ko'rsatadi. Men uni "mini-Messi" deb atayman

🗣️ Nemanya Vidich:

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi. Bu uning qanchalik o'ziga xos va aqlbovar qilmas futbolchi ekanligini ko'rsatadi. Men uni "mini-Messi" deb atayman.

U deyarli hech qachon bir xil yo'nalishda harakat qilmaydi. Buning o'rniga Lamin doimo to'p bilan nostandart nimalardir o'ylab topadi. Uning o'yinini kuzatishning o'zi bir zavq.

 

Bog'liq yangiliklar

Marca: Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni yutishi mumkin

Marca: Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni yutishi mumkin

Marca xabariga ko'ra, «Barselona» Pau Kubarsi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.

Marca xabariga ko'ra, «Barselona» Pau Kubarsi futbol tarixida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan to'rtinchi himoyachi bo'lish uchun barcha sifatlarga ega deb hisoblaydi.

19 yoshida u allaqachon «Barsa» va Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi, jahon chempioni hamda turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi hisoblanadi.

Klub ichida uning salohiyati deyarli cheksiz ekanligiga ishonishadi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Hernan Castillo xabariga ko'ra, Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini jamoadoshlariga ma'lum qildi.

🛑 Hernan Castillo xabariga ko'ra, Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi jamoadoshlariga Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tgan jahon chempionati finali uning milliy jamoadagi so'nggi uchrashuvi bo'lganini ma'lum qildi.

O'yin yakunlanganidan so'ng, u terma jamoadagi sheriklari oldida xayrlashuv nutqini so'zladi.
Ispaniya U-19 terma jamoasi Yevropa chempioni bo'ldi
ZZoneRM ↗ Umumiy

Ispaniya U-19 terma jamoasi Yevropa chempioni bo'ldi

Ispaniya yoshlar terma jamoasi U-19 Yevropa chempionati finalida Germaniyani mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi.

👶 Pitarx, Fortea, Rivas, D. Yanes, D. Aguado va X. Navarro Ispaniya terma jamoasi tarkibida U-19 Yevropa chempionatida g'olib chiqishdi.

Turnirning final uchrashuvida «qizil furiya» Germaniya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.