Avval xabar berganimizdek, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" jamoasi bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi. Navbatdagi raqib — Rossiya futbolining bayroqdori, amaldagi chempion "Zenit" klubi bo‘ladi. Mazkur xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 8 iyul sanasiga belgilangan bo‘lib, unda vakillarimiz o‘z kuch va imkoniyatlarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazib olishadi.
Eslatib o‘tamiz, muxlislar intizorlik bilan kutayotgan "Zenit" – "Neftchi" bahsi muhtasham "Gazprom Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!