Klub matbuot xizmati hamda bir guruh faol muxlislar tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Muxlislar mehri” sovrini har bir uchrashuvdan so‘ng eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchini aniqlash maqsadida topshiriladi. G‘olib klub matbuot xizmati va ushbu sovrinni ta’sis etgan faol muxlislar hamkorligida aniqlanadi.
“So‘g‘diyona” – “Neftchi” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sifatida Ikrom Aliboyev e’tirof etildi va u “Muxlislar mehri” esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng Ikrom Aliboyevni jamoadoshlari an’anaga aylangan jonli “koridor” dan o’tkazdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!