Antonio Vergara
🔘 Jamoa yetakchilaridan biriga aylanishga tayyormisiz?
«Tayyor ekanligingni aytish qiyin, lekin men «Napoli» safida o'ynayapman. Umid qilamanki, bu jamoada yetakchi rol o'ynashga qurbim yetadi.»
🔘 «Chelsi» darvozasiga urgan golingizni eslaysizmi?
«Buni so'z bilan ifodalash qiyin, ta'riflab bo'lmas hislar. A Seriyada gol urishning o'zi katta zavq, Chempionlar ligasidagi ilk o'yiningdayoq gol urish esa...»
🔘 «Napoli» siz uchun nima?
«Uy.»
🔘 Yangi murabbiy bilan ishlash qanday?
«Men hali Allegri bilan yaqindan tanishib ulgurmadim, lekin u yoqimli inson ekanligini ayta olaman.»
🔘 Allegri qo'l ostida yarim himoyadagi yangi rol?
«Ha, dastlabki mashg'ulotlarda aynan shu pozitsiyada ishladim, ko'ramiz, kim biladi deysiz?»
🔘 Futboldagi muvaffaqiyat siri nimada?
«Zavq olish! Agar qilayotgan ishingiz yoqsa, har qanday qiyinchilikni yengib o'tish osonroq. Va o'zingga ishonishing kerak.»
🔘 Italiya futbolida yosh o'yinchilar yetishmasligi haqida nima deysiz?
«Italiya yoshlarni tayyorlash masalasida Ispaniya kabi davlatlardan ortda qolmoqda. Vaziyat yaxshilanishiga umid qilaman, chunki bizda iqtidorli yosh futbolchilar ko'p.»
🔘 Terma jamoaga chaqiruv. Qanday baholaysiz?
«O'zimni ko'rsatishim va o'sha damda jamoaga yordam berishim kerakligini his qilgandim, umid qilamanki, buning uddasidan chiqdim. Va ha, albatta, yana chaqirishsa, sizlardan Donnarummaga salom yetkazib qo'yaman.»
🔘 Shartnomani uzaytirish masalasi qanday?
«Biz bunga juda yaqin turibmiz. Bunda oilam hal qiluvchi rol o'ynadi: ular doim yonimda bo'lishgan va qiyinchiliklarni yengishda yordam berishgan. Futbol men uchun shunchaki ish emas, bu ko'proq ehtiros. Sportga bo'lgan muhabbat oldinga intilishga yordam beradi.»
🔘 Kiyinish xonasida eng quvnoq futbolchi kim?
«Pako Matsokki.»
🔘 «Napoli» bilan eng katta orzuingiz nima?
«Yutish... Chempionlar ligasini!»
🔘 «Napoli» safida debyut qilishdan qo'rquv bo'lmadimi?
«Yo'q, qo'rquv bo'lmadi, lekin ilgari faqat televizor orqali kuzatgan o'yinchilarim yonida paydo bo'lib qoldim! Men ko'zga tashlanmaslikka va imkon qadar ko'proq narsa o'rganishga harakat qildim.»
🔘 Eng yorqin lahza?
«Shubhasiz, «Chelsi» darvozasiga urgan golim!»