🚨 Pep Gvardiola Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lmaydi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Italiya futbol federatsiyasining taklifini rad etdi va shunday dedi:
«Rahmat, bu men uchun katta sharaf, ammo hozir o'zimni tayyor deb hisoblamayapman».
⚽ Bunga bir nechta sabablar bor. Gvardiola tanaffus olib, o'ziga vaqt ajratmoqchi, shuningdek, terma jamoa bilan ishlash formati uning falsafasiga mos kelmaydi deb hisoblaydi. Pep har kuni jamoa bilan yashashga, har bir mashg'ulotni nazorat qilishga va jarayonga maksimal darajada jalb qilingan bo'lishga o'rgangan.
🤝 Yana bir muhim omil omil — Italiyaga va Paolo Maldiniga bo'lgan hurmat. Italiya OAVlari ta'kidlashicha, aynan Maldini Gvardiolaning taklifga juda jiddiy yondashishiga sabab bo'lgan, ammo yakunda u rad etishga qaror qildi.
👀 Endi Italiya federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga yangi nomzod izlashiga to'g'ri keladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!