Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Italy — yangiliklari Umumiy

Italy va bog'liq yangiliklar

A Seriya qoidalariga kiritilayotgan o'zgarishlar tasdiqlandi

A Seriya qoidalariga kiritilayotgan o'zgarishlar tasdiqlandi

A Seriya qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlar ma'lum bo'ldi. Darvozabonlar uchun yangi vaqt cheklovi va VAR tizimidagi o'zgarishlar tasdiqlandi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, A Seriya barcha yangiliklarni ham qabul qilmadi.

✅ A Seriya ligasi qoidalardagi quyidagi o'zgarishlarni ma'qulladi va ularni qo'llaydi:

— darvozabon to'pni sakkiz soniyadan ortiq ushlab tura olmaydi (besh soniyadan so'ng hakam hisobni boshlaydi), aks holda raqib burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ladi;

— maydonda tibbiy yordam ko'rsatilgan futbolchilar (darvozabonlardan tashqari) kamida bir daqiqaga maydonni tark etishlari shart;

— agar ikkinchi sariq kartochka xato ko'rsatilgan bo'lsa, VAR aralashishi mumkin;

— agar hakam burchak zarbasini belgilashda xatoga yo'l qo'ysa, VAR vaziyatga aralasha oladi.

❌ A Seriyada og'izni kaft bilan yopib gaplashgan futbolchilar chetlatilmaydi.

Perudja Isroildan, Terni va Amanda Noksdan nafratlanadi

Perudja Isroildan, Terni va Amanda Noksdan nafratlanadi

Perudja kuchli so‘l oqimga ega bo‘lgan, shuningdek, Falastinni va ularning kurashini qo‘llab-quvvatlaydigan shahar sifatida tanilgan.

Perudja kuchli so‘l oqimga ega bo‘lgan, shuningdek, Falastinni va ularning kurashini qo‘llab-quvvatlaydigan shahar sifatida tanilgan.

Qo‘shni Terni haqida ham hamma narsa tushunarli, «Ternana» va «Perudja» o‘rtasidagi futbol derbisi mamlakatdagi eng shafqatsiz to‘qnashuvlardan biridir.

Ammo Amanda Noksning o‘zi kim?

Bir yil avval Hulu platformasida real voqealarga asoslangan «Amanda Noksning chigal tarixi» nomli mini-serial chiqdi.

Tasvirlash ishlari Perudjada olib borilgan bo‘lib, mahalliy aholi qotillik ortidan pul ishlashga va suratga olish ishlariga qarshi chiqqan, shuningdek, ushbu voqea mahalliy xalq tomonidan Perudja shahriga qarshi antireklama sifatida baholangan. Serial Italiyada talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha o‘qiyotganida, birga kvartirada turgan qo‘shnisi — ingliz talabasi Meredit Kercherning qotilligida adashib ayblangan amerikalik talaba Amanda Noksning hikoyasini so‘zlab beradi.

2007-yilning kuzida Amanda kvartirada buzib kirish va qon izlarini aniqlaydi. Keyinchalik xonadan Mereditning tomog‘i kesilgan jasadi topiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘qligiga qaramay, Noks va uning yigiti Raffaele Sollechito bosh gumondorlarga aylantiriladi.

Advokat va tarjimonlarsiz o‘tgan 50 soatlik so‘roq hamda kuchli psixologik bosim ostida Amanda yolg‘on iqrorlikka qo‘l qo‘yadi.

Haqiqiy qotil esa afrikalik Rudi Gede bo‘lib chiqadi — keyinchalik uning aybi barmoq izlari va DNK orqali tasdiqlangan. Shunga qaramay, Noks va Sollechito avvaliga uzoq muddatli qamoq jazolariga (25 va 26 yil) hukm qilinadi va bir necha yilni panjara ortida o‘tkazishadi. Faqatgina qator apellatsiyalardan so‘ng, 2015-yilda sud ularni uzil-kesil oqlaydi. Amanda o‘zi sodir etmagan jinoyat uchun Italiya qamoqxonasida deyarli to‘rt yil o‘tirdi.

Ushbu yozuvlarni qoldirganlarni qidirishga Digos (siyosiy tergovlar va maxsus operatsiyalar idorasi) jalb qilingan, chunki bu yozuv yagona emas.

Bunday yozuvlarning bittasini o‘chirib tashlash uchun shahar ma’murlari tomonidan taxminan 2 ming yevrogacha mablag‘ sarflanadi, chunki yozuvlar asosan tarixiy binolarga chizilgani bois butun boshli byurokratik jarayonni ishga tushirish talab etiladi.

 

Bog'liq yangiliklar

Bugun, naq 20 yil muqaddam, Italiya chempion bo'lgan

Bugun, naq 20 yil muqaddam, Italiya chempion bo'lgan

Bugun, naq 20 yil muqaddam, Italiya va Fransiya o'rtasida Jahon chempionati finali bo'lib o'tgan edi.

🎞️ 9-iyul, 2006-yil

Bugun, naq 20 yil muqaddam, Italiya va Fransiya o'rtasida Jahon chempionati finali bo'lib o'tgan edi.

Zidanning zarbasi, Materatsining provokatsiyasi, Buffonning seyvlari, Trezege to'pni to'singa tekizishi va Grossoning penaltisi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda sardor O'zbekiston MTJning bosh murabbiyi hisoblanadi.