Perudja Isroildan, Terni va Amanda Noksdan nafratlanadi
СУПЕРТИФО ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 32

Perudja Isroildan, Terni va Amanda Noksdan nafratlanadi

Perudja kuchli so‘l oqimga ega bo‘lgan, shuningdek, Falastinni va ularning kurashini qo‘llab-quvvatlaydigan shahar sifatida tanilgan.

Qo‘shni Terni haqida ham hamma narsa tushunarli, «Ternana» va «Perudja» o‘rtasidagi futbol derbisi mamlakatdagi eng shafqatsiz to‘qnashuvlardan biridir.

Ammo Amanda Noksning o‘zi kim?

Bir yil avval Hulu platformasida real voqealarga asoslangan «Amanda Noksning chigal tarixi» nomli mini-serial chiqdi.

Tasvirlash ishlari Perudjada olib borilgan bo‘lib, mahalliy aholi qotillik ortidan pul ishlashga va suratga olish ishlariga qarshi chiqqan, shuningdek, ushbu voqea mahalliy xalq tomonidan Perudja shahriga qarshi antireklama sifatida baholangan. Serial Italiyada talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha o‘qiyotganida, birga kvartirada turgan qo‘shnisi — ingliz talabasi Meredit Kercherning qotilligida adashib ayblangan amerikalik talaba Amanda Noksning hikoyasini so‘zlab beradi.

2007-yilning kuzida Amanda kvartirada buzib kirish va qon izlarini aniqlaydi. Keyinchalik xonadan Mereditning tomog‘i kesilgan jasadi topiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘qligiga qaramay, Noks va uning yigiti Raffaele Sollechito bosh gumondorlarga aylantiriladi.

Advokat va tarjimonlarsiz o‘tgan 50 soatlik so‘roq hamda kuchli psixologik bosim ostida Amanda yolg‘on iqrorlikka qo‘l qo‘yadi.

Haqiqiy qotil esa afrikalik Rudi Gede bo‘lib chiqadi — keyinchalik uning aybi barmoq izlari va DNK orqali tasdiqlangan. Shunga qaramay, Noks va Sollechito avvaliga uzoq muddatli qamoq jazolariga (25 va 26 yil) hukm qilinadi va bir necha yilni panjara ortida o‘tkazishadi. Faqatgina qator apellatsiyalardan so‘ng, 2015-yilda sud ularni uzil-kesil oqlaydi. Amanda o‘zi sodir etmagan jinoyat uchun Italiya qamoqxonasida deyarli to‘rt yil o‘tirdi.

Ushbu yozuvlarni qoldirganlarni qidirishga Digos (siyosiy tergovlar va maxsus operatsiyalar idorasi) jalb qilingan, chunki bu yozuv yagona emas.

Bunday yozuvlarning bittasini o‘chirib tashlash uchun shahar ma’murlari tomonidan taxminan 2 ming yevrogacha mablag‘ sarflanadi, chunki yozuvlar asosan tarixiy binolarga chizilgani bois butun boshli byurokratik jarayonni ishga tushirish talab etiladi.

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!