Kertis Jons "Liverpul"ni tark etmoqchi
Kertis Jons "Liverpul"dan ketib, "Inter" safiga qo'shilishni istamoqda. "Liverpul" futbolchi uchun 40 million yevro talab qilmoqda.
Kertis Jons borasida hech qanday yangilik yo'q. Andoni Iraolaning yarim himoyachini olib qolish istagiga qaramay, Jons "Inter"ga o'tishni istamoqda va Italiyaga yo'l olish uchun "Liverpul"dan ketishga qat'iy qaror qilgan.
Gianluigi Longari xabariga ko'ra, "Liverpul" hamon 40 million yevro talab qilmoqda va kelajakda uni tekinga boy berish xavfi bo'lsa ham, narxni tushirishdan bosh tortmoqda.