Inter Curtis Jonesni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Sky Sport xabariga ko'ra, «Inter» Curtis Jonesni o'z safiga qo'shib olish uchun faol harakatlarni boshladi.
Sky Sport xabariga ko'ra, «Inter» Curtis Jonesni qo'lga kiritish borasidagi urinishlarini to'xtatmayapti. Milan klubi yarim himoyachini har qanday yo'l bilan o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Tomonlar o'rtasida faol muzokaralar ketmoqda. Futbolchining o'zi ham «Inter»ga o'tishga tayyor, klub esa uni barcha jihatdan ideal variant deb hisoblamoqda.