Lids Yunayted transfer rejalari: Jeyms Trafford va Jek Harrison atrofidagi yangiliklar
Grem Smit «Lids»ning transfer rejalari, jumladan Jeyms Trafford va Jek Harrisonning kelajagi haqida yangi ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
Grem Smitdan yangi insaydlar:
• Jeyms Trafford «Lids» uchun doimo «birinchi raqamli» nishon bo'lib qolgan. Dzion Sudzuki kabi boshqa variantlar ham ko'rib chiqilgan, biroq klub ular bo'yicha faol qadam tashlamagan. «Oqlar» «Manchester Siti» darvozabonini qo'lga kiritish imkoniyatini kutishgan.
• «Elland Roud»da Yulian Brandt yaqin vaqt ichida o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishi kutilmoqda. Hozirda nemis hujumkor yarim himoyachisi «Bayer» bazasida shug'ullanmoqda va unga taklif qilingan variantlarni o'ylamoqda.
• «Valensiya» Larji Ramazanini qaytarishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
• Jek Harrison «Nyu-Inglend Revolyushn»ga o'tishga yaqin. «Lids» u uchun ma'lum bir mablag' oladi, bu esa vingerning maoshidan qutilish bilan birga klub uchun moliyaviy yordam bo'ladi.