Kristian Romero transferi bo'yicha vaziyat
Gianluigi Longari xabariga ko'ra, «Inter» va «Tottenxem» Kristian Romero transferi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
Gianluigi Longari xabariga ko'ra, «Inter» va «Tottenxem» Kristian Romero transferi bo'yicha taxminan 40 million yevro evaziga dastlabki kelishuvga erishdi.
Biroq, hozirgi vaqtda «Inter» va himoyachining vakillari o'rtasida shaxsiy shartnoma borasida kelishuv mavjud emas. «Barselona» ham argentinalik futbolchiga da'vogarlik qilmoqda, ammo ular avval o'z futbolchilarini sotishi kerak.