Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, kecha «Lids» himoyachi Tarik Muharemovich transferini rasman e'lon qildi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil etdi va bu bosniyalik futbolchini «Sassuolo» tarixidagi eng qimmat sotuvga aylantirdi.
Shu bilan birga, Italiya klubi mablag'ning atigi 20 million yevrosini oladi, chunki kelishuvdagi bandga ko'ra, summaning 50 foizi «Yuventus»ga o'tadi.
23 yoshli himoyachi «Sassuolo» safida 63 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, «Sassuolo» tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer:
1. Tarik Muharemovich — 40 mln yevro («Lids»)
2. Janluka Skamakka — 38,6 mln yevro («Vest Xem»)
3. Manuel Lokatelli — 36,4 mln yevro («Yuventus»)
4. Jakomo Raspadori — 28 mln yevro («Napoli»)
5. Davide Frattezi — 26,4 mln yevro («Inter»)
6. Xamed Junior Traore — 25,6 mln yevro («Bornmut»)
7. Stefano Sensi — 25 mln yevro («Inter»)
8. Jeremi Boga — 22 mln yevro («Atalanta»)
9. Matteo Politano — 21,1 mln yevro («Inter»)
10. Merix Demiral — 19,5 mln yevro («Yuventus»)
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!