Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini uzaytiradi
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Pio Espozito «Spetsiya» bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytiradi va maoshi oshiriladi.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, kelasi hafta klub rahbariyati Pio Espozito vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi. Tomonlar shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishni maqsad qilgan.
Yosh hujumchining maoshi ham sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.