Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Espi "Real Madrid"ga o'tishi kutilmoqda. Madrid klubi futbolchi uchun 25 million yevro to'laydi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Espi "Real Madrid"ga o'tadi. Madrid klubi forvardning "Levante" bilan shartnomasida ko'rsatilgan 25 million yevro miqdoridagi tovon pulini to'lab beradi.
Joze Mourinyu «Real Madrid»ga yangi hujumchi Espini shaxsan tavsiya qilgan. Futbolchi allaqachon jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishmoqda.
📻 Cope xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real Madrid» rahbariyatiga 194 santimetr bo'yli hujumchi Espi transferini shaxsan taklif qilgan. Aynan murabbiyning tavsiyasidan so'ng «qaymoqranglilar» 21 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha ish boshlashgan. Qiziqarlisi, Espi bugun «Madrid» bilan mashg'ulotlarga kirishadi.
📝 Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra: «Real Madrid» Espi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini 5 daqiqa ichida kelishib oldi.
📺 Marsiel (DAZN sharhlovchisi): «Espi menga «Madrid» uchun Gonsalodan ko'ra qiziqarliroq hujumchi bo'lib tuyulmoqda. U ham jismoniy holati, ham o'yin uslubi bo'yicha jamoaga mos keladi. «Qaymoqranglilar»ga aynan shunday profildagi hujumchi yetishmayotgan edi».
📰 R. Martin (AS jurnalisti) yozishicha: «Espi payshanba kuni ertalab «Xall Siti»ga o'tish uchun chamadonlarini yig'ayotgan edi, kun yakunida esa «Bernabeu»dagi ilk goli haqida orzu qila boshladi. Hayot ba'zan shunday kutilmagan burilishlar qiladi...»