Ter Shtegenning kelajagi va "Barselona"ning Angliya safari haqida
Barca Family News ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Ter Shtegenning kelajagi va "Barselona"ning Angliya safari haqida

Xavi Migel xabariga ko'ra, Xansi Flik Ter Shtegenni Angliyaga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatiga kiritdi. Shuningdek, tarkibdan Fermin, Arauxo, Balde va ta'tildan qaytadigan Rafinya ham o'rin olgan.

Har qanday holatda ham, barchasi Ter Shtegen va Flikning Angliyaga jo'nab ketishdan oldingi uchrashuviga bog'liq.

Nemis murabbiyi, agar darvozabon o'z vaziyatini uzil-kesil hal qilib olish uchun Barselonada qolishni afzal ko'rsa, bunga qarshilik qilmaydi.
Biroq, agar u jamoa bilan yig'inga borishni istasa, Flik uni quchoq ochib kutib oladi.

Ter Shtegenni "Ayaks"ga o'tishidan faqatgina ayrim soliq byurokratik masalalari ajratib turibdi. Klub yaqin kunlar ichida ushbu vaziyatni tartibga solishga umid qilmoqda, ular futbolchining maoshi borasida qo'shimcha sa'y-harakatlar qilishlari kerakligini tushunib turishibdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!