Real Madrid Diomande uchun kurashmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 17

Real Madrid Diomande uchun kurashmoqda

📺 Sky Sport xabariga ko'ra, Real Madrid Leyptsigga Diomande uchun 90+10 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqdi. Biroq bungacha Leyptsig Liverpulning 100 million yevrolik taklifini rad etgan edi. Shu sababli, Madrid klubining taklifi ham qabul qilinmadi.

Avvalroq 19 yoshli vinger PSJga o'tishga rozi bo'lgan va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. Biroq klublar o'rtasida muzokaralar bo'lmagan, faqat prezidentlar darajasida aloqalar o'rnatilgan. Agar Real Madrid yana taklif bilan chiqsa, PSJ uchun futbolchini qo'lga kiritish qiyin bo'ladi. Leyptsig ivuarlik futbolchini 100 million yevrodan ortiqroq summaga sotishga tayyor.

📝 Fabrisio Romano: Real Madrid Diomandeni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Leyptsig bilan muzokaralar ayni damda davom etmoqda. Bitim 120 million yevro evaziga yakunlanishi mumkin.
Pikon: Diomande transferi 120 million yevroga rasmiylashtirilishi mumkin. Bu uzoq davom etadigan saga bo'lmaydi, Madrid masalani tezroq hal qilish niyatida.
📰 AS xabariga ko'ra, Leyptsigning Diomande uchun talab qilayotgan summasi va Madridning dastlabki taklifi o'rtasida unchalik katta farq yo'q. Shu bois bitim 120 million yevro atrofida yopilishi mumkin.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!