PSV yarim himoyachisi Joey Veerman yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
Joey Veerman yozgi transfer oynasida PSVni tark etishga umid qilmoqda. Bu haqda yarim himoyachi Eydxoven klubining Marienfeldadagi yig'ini vaqtida ESPN nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Bir yil avval «Brentford» Veermanga qiziqish bildirgan, biroq transfer amalga oshmagan. Qishki tanaffus vaqtida esa «Fenerbaxche»ga o'tishi barbod bo'lgan.
«Atrofda bunchalik ko'p gap-so'zlar bo'lishi odamni asabiylashtiradi: qanday qilib shu paytgacha boshqa klubga o'tmagansan, degan savollar. Bir nuqtada bu haqiqatan ham miyangni yeyishni boshlaydi. 27 yoshdaman, yangi chaqiriqlar izlash uchun yaxshi yosh. Lekin negadir bu sodir bo'lmayapti. Transfer oynasi doim notinch, ammo hozirgisi umuman hayratlanarli emas. O'ylaymanki, Italiya yoki Ispaniya menga mos tushardi, afsuski, u yerdagi klublar menga qiziqish bildirmayapti. Bu juda achinarli. Transfer amalga oshmagani bir nuqtada miyangni yeyishni boshlaydi», — dedi Veerman.
Veerman PSV bilan 2022-yil yanvaridan buyon hamkorlik qilmoqda va tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma yana ikki yilga mo'ljallangan. «Men besh yillik shartnoma imzolaganman va uning shartlarini to'liq anglaganman. Agar qolsam, shunchaki to'rtinchi chempionlik unvoni uchun kurashamiz», — deydi Volendamda tug'ilgan futbolchi.
PSV yarim himoyachisi Joey Veerman transferi borasidagi vaziyat va kelajagi haqida gapirdi.
Joey Veerman o'z transferi borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi:
"Albatta, yaxshi transfer amalga oshirishni istayman, ammo hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, bu ro'y bermaydi."
"Chempionlik doimo o'zgacha ahamiyatga ega. Ammo atrofimdagi odamlardan: 'Qanday qilib hali ham hech qayerga o'tmading?' degan savollarni eshitish yoqimsiz. Bir nuqtada bu narsa odamni g'ashiga tegadi."
"Hozir 27 yoshdaman, ikki nafar farzandim bor va yaqinda oila quramiz. Bu boshqa joyda o'zini sinab ko'rish uchun ajoyib yosh. Ammo qanday bo'lmasin, hozircha bu amalga oshmayapti."
"Agar xorijdagi yaxshi klubga o'ta olmasam, karyeram to'liq bo'lmay qoladimi? Ha."
Mauro Junior PSV jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Jarohat olgan Yerdi Sxauten o'rniga braziliyalik futbolchi sardorlik bog'ichini taqib tushadi.
Mauro Junior PSV jamoasining yangi sardori bo'ldi. Jarohat olgan Yerdi Sxauten yo'qligida braziliyalik futbolchi sardorlik bog'ichini taqib tushadi. Eyndxovenliklarning ko'p funksiyali o'yinchisi o'tgan mavsum so'nggida ham ushbu vazifani bajargan edi. Ivan Perishich va Joui Veerman esa sardor o'rinbosarlari etib belgilandi.