Joey Veerman yozgi transfer oynasida PSVni tark etishga umid qilmoqda. Bu haqda yarim himoyachi Eydxoven klubining Marienfeldadagi yig'ini vaqtida ESPN nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Bir yil avval «Brentford» Veermanga qiziqish bildirgan, biroq transfer amalga oshmagan. Qishki tanaffus vaqtida esa «Fenerbaxche»ga o'tishi barbod bo'lgan.
«Atrofda bunchalik ko'p gap-so'zlar bo'lishi odamni asabiylashtiradi: qanday qilib shu paytgacha boshqa klubga o'tmagansan, degan savollar. Bir nuqtada bu haqiqatan ham miyangni yeyishni boshlaydi. 27 yoshdaman, yangi chaqiriqlar izlash uchun yaxshi yosh. Lekin negadir bu sodir bo'lmayapti. Transfer oynasi doim notinch, ammo hozirgisi umuman hayratlanarli emas. O'ylaymanki, Italiya yoki Ispaniya menga mos tushardi, afsuski, u yerdagi klublar menga qiziqish bildirmayapti. Bu juda achinarli. Transfer amalga oshmagani bir nuqtada miyangni yeyishni boshlaydi», — dedi Veerman.
Veerman PSV bilan 2022-yil yanvaridan buyon hamkorlik qilmoqda va tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma yana ikki yilga mo'ljallangan. «Men besh yillik shartnoma imzolaganman va uning shartlarini to'liq anglaganman. Agar qolsam, shunchaki to'rtinchi chempionlik unvoni uchun kurashamiz», — deydi Volendamda tug'ilgan futbolchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!