Roy Kin va Ian Rayt "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynuning o'yiniga o'z munosabatini bildirdi.
Roy Kin Kobbi Maynu haqida shunday dedi:
U shunchaki dribling qilib, jarima zarbasi ishlab olishi mumkin edi.
Ian Rayt esa o'z navbatida shunday fikr bildirdi:
O'tirib o'ylaysan: axir sizda Kobbi bor-ku, uni zaxiradan maydonga tushirish mumkin edi! Ammo u haqida bir soniya ham o'ylashmadi! Barcha fikrlar faqat qanday qilib himoyalanish haqida edi!
Roy Kin Jud Bellingemning o'yini va shaxsiyati haqida iliq fikrlar bildirdi.
💭 Roy Kin Jud Bellingem haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Biz uni ham futbolchi, ham shaxs sifatida ko'rib turibmiz.
U ko'plab intervyular beradi, muhim gollarni uradi, uning intervyulari a'lo darajada chiqadi, u bugun ham o'z ishini qildi va o'yindan keyin yana dadil gapirdi.
Angliya terma jamoasining sobiq yulduzlari Gari Lineker, Roy Kin va Rio Ferdinand Jud Bellingemning mahorati va xarakteriga yuqori baho berishdi.
Gari Lineker (Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi):
O'ylashimcha, Bellingemning Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylanishi uchun imkoniyatlari haqiqatan ham bor. Bunday yoshda Jud qilayotgan ishlarni bajarish — jamoa o'yinini o'z zimmasiga olib, uni g'alabaga yetaklash... Haqiqiy superyulduzlar aynan shunday harakat qiladi. Bellingemning o'yin darajasi shunchaki hayratlanarli!
Roy Kin (Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi):
O'yindan so'ng Bellingem shunday dedi: "Mayli, mayli". Aynan shunday vaziyatda tushunib yetasanki: "Unda qat'iy xarakter bor". Futbolchiga aynan shu narsa kerak. Ichki xotirjamlik va matonat — eng muhimi. Jud bilan bog'liq barcha narsa hayratga soladi! Biz nafaqat ko'zga ko'ringan futbolchini, balki kuchli shaxsni ham ko'ryapmiz. Bellingem doimiy ravishda jurnalistlar bilan muloqot qiladi, intervyularda o'zini a'lo darajada ko'rsatadi, hal qiluvchi gollarni uradi, maydonda farq yaratadi va o'yin yakunida ham o'z xarakterini namoyish etadi.
Rio Ferdinand (Manchester Yunayted sobiq himoyachisi):
Hozirgi vaqtda Angliya terma jamoasida 2 ta superyulduz bor: Bellingem va Keyn. Shu bilan birga, aynan Bellingem 1966-yildan beri terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi futbolchi. JCh-2026 boshlanishidan oldin matbuotda "Bellingemni tarkibga kiritgandan ko'ra, uyda qoldirgan ma'qul" deb yozishgandi. Shu bois, endi o'sha maqolani yozgan jurnalistdan Juddan ommaviy ravishda uzr so'rashini kutaman.