Yuventus Risharlison transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi
Yuventus Risharlison transferi bo'yicha Tottenxem bilan muzokaralarni boshladi. Klub futbolchini 20-25 million yevroga sotib olishi mumkin.
🚨 Yuventus Risharlisonning transferi borasida Tottenxem bilan muzokaralarni boshladi. Londonliklar braziliyalik futbolchini 20–25 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, turinliklarning ustuvor maqsadi Randal Kolo Muani bo'lib qolmoqda, biroq Risharlison muqobil variant sifatida ko'rib chiqilmoqda.