🤩 Hull Live xabariga ko'ra, "Olimpiakos" darvozaboni Konstantinos Tsolakis yozgi transferlar oynasida "Hall Siti"ning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Klub raqobatchilarni ortda qoldirish uchun kelishuv ustida ishlamoqda.
23 yoshli yunonistonlik posbon Premer-liga klublari e'tiborida. Biroq "Hall Siti" transferni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatga ega deb hisoblamoqda, chunki manbalarga ko'ra, futbolchining o'zi ham Premer-ligaga o'tishga qarshi emas.
Muzokaralar qizg'in pallada va kelishuvga tezroq erishish uchun ishlar olib borilmoqda.
Tsolakisning shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi va yunon klubi darvozabonni sotishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!